O'zbekiston yengil sanoati uchun yaratilgan

Fabrikangizni
bitta tizimda boshqaring

Xomashyodan tayyor mahsulotgacha — ishlab chiqarish, ombor, ishbay va moliya. Tikuvchilik, trikotaj va to'qimachilik korxonalari uchun milliy ERP.

Hali shubhadamisiz? 5 daqiqalik bepul diagnostika— fabrikangiz qayerda pul yo'qotayotganini biling

Karta kerak emas · 2 daqiqada tayyor · O'zbek tilida

OSON ERP — jonli
bugun
Bugungi savdo
0
so'm
Ishlab chiqarish
0 dona
Ombor to'ldi
0%
Haftalik ishlab chiqarish
Xomashyo
Kroy
Tikuv
Tayyor
Sotuv
Moliya

Nega bugun ERP shart?

Bilim odamda emas —
tizimda saqlanishi kerak

Dunyo o'zgardi: xodimlar tez almashadi, raqobat kuchli, ma'lumot esa eng qimmat resurs. Biznes endi "his qilib" emas — raqamlarga tayanadi.

Kadrlar almashadi

Tajribali xodim ketsa — mijozlar bazasi, kelishuvlar tarixi va jarayonlar u bilan birga chiqib ketadi.

Bilim tizimda qoladi. Yangi xodim kelsa — barcha tarix va ma'lumot joyida.

"His qilib" boshqaruv xavfli

Omborда nima qolgani, qaysi buyurtma qayerda ekani — noaniq. Excel va qog'ozda adashish oson.

Hammasi bitta oynada, real vaqtda, raqam bilan. Qaror ma'lumotga asoslanadi.

Nazorat yo'qoladi

Kim nima qilgani, vazifa bajarilgan-bajarilmagani ko'rinmaydi. Intizom vijdonga bog'liq.

Har amal tizimda qayd etiladi. Nazorat odamga emas — jarayonga bog'lanadi.

ERP — hashamat emas, omon qolish sharti.

Qanday ishlaydi

3 bosqichda ishga tushiring

01

Ro'yxatdan o'ting

Korxona nomi va STIR raqamini kiriting — tizim 2 daqiqada tayyor bo'ladi. Sizga shaxsiy manzil beriladi: korxona.oson-erp.uz

02

Ma'lumotlarni kiriting

Mahsulotlar, xomashyo, xodimlar va normalarni (BOM) kiriting. Excel'dan import qilish ham mumkin.

03

Boshqaring va kuzating

Ishlab chiqarish buyurtmalari, ombor qoldig'i, ishbay hisobi va foyda — hammasi real vaqtda, istalgan qurilmada.

Jarayon oqimi

Xomashyodan sotuvgacha — uzluksiz

Har bir bosqich avtomatik bog'langan: material sarfi, tannarx va qoldiq o'zi hisoblanadi

Xomashyo
Mato, aksessuar kirimi
Kroy
Nastil va bichish hisobi
Tikuv
MO, tsexlar, ishbay
Tayyor mahsulot
Tannarx avtomatik
Sotuv
Buyurtma va faktura
Moliya
To'lov, QQS, foyda

Imkoniyatlar

Fabrika uchun kerak bo'lgan hammasi

Ishlab chiqarish

Buyurtmalar (MO), BOM normalari, texnologik marshrutlar va bosqichma-bosqich bajarish

CMT (davalgiya)

Buyurtmachi matosi alohida hisobda — xizmat fakturasi avtomatik yaratiladi

Aqlli ombor

Partiya, o'lcham/rang variantlari, kam qoldiq ogohlantirishi, inventarizatsiya

Ishbay ish haqi

Har tikuvchining ishi avtomatik hisoblanadi — oyligi, avansi, soliqlari tayyor

Moliya va QQS

To'lovlar, kassa, xarajatlar, debitor-kreditor va soliq hisobotlari

Real vaqt nazorati

Kunlik plan, tsexlar yuklamasi, xodim samaradorligi — jonli dashboard

Tez va yengil

Sekundlarda ochiladi — zaif internetda ham ishlaydi

Xavfsiz

Har korxona ma'lumoti alohida saqlanadi, kunlik zaxira nusxa

Istalgan joydan

Kompyuter, planshet, telefon — faqat brauzer kerak

Nega OSON ERP?

Xorij tizimlari emas —
O'zbekiston uchun qurilgan

Odoo va SAP kabi tizimlar oylab sozlanadi va qimmat turadi. OSON ERP — yengil sanoatning real jarayonlariga mos qilib yaratilgan: davalgiya, ishbay, nastil, QQS — hammasi ichida, o'zbek tilida.

STIR bilan 2 daqiqada ro'yxatdan o'tish
CMT (davalgiya) rejimi — buyurtmachi matosi hisobi
Ishbay: tikuvchi maoshi avtomatik hisoblanadi
Tannarx: material + ishbay + ustama — o'zi chiqadi
Telegram'ga kunlik avto-hisobot
Excel eksport va chop etish shakllari

Fabrikangizni bugun raqamlashtiring

14 kun bepul — barcha imkoniyatlar ochiq. Karta ma'lumotlari so'ralmaydi.

Hoziroq boshlash